Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi — fuqarolarning mahalliy ahamiyatga molik masalalarni o‘z manfaatlari, milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analardan kelib chiqib mustaqil hal etish faoliyati.
Shaharcha, qishloq, ovul va mahallalardagi fuqarolar yig‘inlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hisoblanadi.
Ular davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning ular faoliyatiga qonunga xilof aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fuqarolar yig‘inida:
Fuqarolar jinsi, millati, tili, dini, e’tiqodi yoki ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar o‘zini o‘zi boshqarishda bevosita yoki saylangan vakillari orqali teng huquqqa ega.
Fuqarolar yig‘ini organlari:
Fuqarolar yig‘ini faoliyatini uning kengashi va raisi tashkil etadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi qonunda belgilangan tartibda besh yil muddatga saylanadi.
Fuqarolar yig‘ini o‘z vakolati doirasida:
Fuqarolar yig‘ini davlat organlarining vakolatini o‘zlashtirib olishi mumkin emas.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki uning mansabdor shaxsi o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qaror:
Vakolatdan tashqari yoki qonunga zid qabul qilingan qaror huquqiy jihatdan baholanishi va belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.
Fuqaro:
Fuqarolar yig‘ini kengashi moliyaviy mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risida har chorakda fuqarolar yig‘ini oldida hisob beradi.
Fuqaro fuqarolar yig‘ini yoki uning mansabdor shaxsining qonunga zid qarori, harakati yoxud harakatsizligi ustidan:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
«Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonun