Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3852 marta o'qildi

Tarjimonning imzosini haqiqiyligini shahodatlash

Hizmatni olish uchun zarur bo‘lgan xujjatlar:

1. Fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
  • O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
  • harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
  • et el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
  • fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.

2. Hujjat asli nushasi va uning tarjima qilingan matni.

3. Tarjimonning tegishli tilni bilishi uning diplomi yoki maxsus ma’lumotga ega ekanligi haqidagi sertifikat yoxud tegishli hujjatlar.

Hizmat olish muddati:

  • 20 daqiqagacha

Hizmatni olish uchun harajatlar:

  • Davlat boji.
  • Notarial xarakatlarni amalga oshirishga doim masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish uchun.
Chat