Notarius hujjatlarni saqlash uchun, qoida tariqasida, ro‘yxat bo‘yicha qabul qiladi.
Ro‘yxat ikki nusxada tuzilib, notarius va hujjatlarni topshirgan shaxs tomonidan imzolanadi:
Hujjatlar lozim darajada o‘rab joylashtirilgan bo‘lsa, shaxsning iltimosiga ko‘ra notarius ularni ro‘yxat tuzmasdan ham qabul qilishi mumkin.
Bunday holda hujjatlar o‘rami:
Hujjatlar ro‘yxatsiz muhrlangan o‘ramda qabul qilinganda notarius o‘ram ichidagi hujjatlarning mazmuni uchun emas, o‘ramning but saqlanishi uchun javob beradi.
Hujjatlarni saqlashga topshirayotgan shaxs quyidagilarni taqdim etadi:
Hujjatlar tashkilot nomidan topshirilganda vakilning vakolati ishonchnoma yoki boshqa tegishli hujjat bilan tasdiqlanadi.
Hujjatlarni qabul qilgan notarius ularni saqlashga topshirgan shaxsga guvohnoma beradi.
Guvohnomada:
Guvohnoma va hujjatlar ro‘yxati hujjatlarni keyinchalik qaytarib olishda taqdim etiladi.
Qabul qilingan hujjatlar notarial idoraning muhri bilan muhrlangan metall javon yoki seyflarda, boshqa hujjatlardan alohida paketlarda saqlanadi.
Notarius hujjatlarning saqlanishini ta’minlashi va ularni boshqa shaxslarga qonunga xilof ravishda berishga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Saqlashga topshiriladigan hujjatlarda qalbakilashtirish belgilari, qonunga zid mazmun yoki ularni qabul qilishga to‘sqinlik qiluvchi boshqa holatlar mavjud bo‘lsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etishi mumkin.
Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlar:
Hujjatlarni qaytarib olish uchun notarius bergan guvohnoma va (yoki) hujjatlar ro‘yxati taqdim etiladi.
Vakil murojaat qilganda uning hujjatlarni olish vakolati alohida tekshiriladi. Sud qarori asosida qaytarishda qonuniy kuchga kirgan sud hujjati taqdim etiladi.
«Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, hujjatlarni saqlash uchun qabul qilish bo‘yicha davlat boji BHMning 10 foizi miqdorida undiriladi.
Huquqiy tushuntirish, guvohnoma yoki boshqa hujjat loyihasini tayyorlash, rasmiy blank va huquqiy-texnik harakatlar uchun belgilangan maksimal stavkalar doirasida qo‘shimcha to‘lov undirilishi mumkin.
Mazkur tartib «Notariat to‘g‘risida»gi Qonun va Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma bilan belgilangan.