Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 25054 marta o'qildi

Harbiy xizmatchilar qanday tarkiblarga bo‘linadi

Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar:

oddiy askarlar;

serjantlar;

ofitserlar tarkibiga bo‘linadi.

Ofitserlar esa kichik ofitserlar, katta ofitserlar va generallar tarkibiga ajratiladi.

Qo‘shin unvonlari

Oddiy askarlar tarkibi — oddiy askar.

Serjantlar tarkibi:

— kichik serjant;

— III darajali serjant;

— II darajali serjant;

— I darajali serjant;

— katta serjant.

Kichik ofitserlar:

— leytenant;

— katta leytenant;

— kapitan.

Katta ofitserlar:

— mayor;

— podpolkovnik;

— polkovnik.

Generallar:

— general-mayor;

— general-leytenant;

— general-polkovnik;

armiya generali.

Kema tarkibidagi unvonlar

Kema tarkibida oddiy askarga — matros, serjantlar tarkibiga esa starshina unvonlari muvofiq keladi.

Ofitserlar tarkibida kapitan-leytenant, III, II va I rang kapitani kabi kema unvonlari belgilangan.

Qurolli Kuchlardagi oliy harbiy unvon — armiya generali.

Maxsus qo‘shimchalar

Yuridik yoki tibbiy yo‘nalishdagi tegishli harbiy ixtisoslikka ega ofitserning unvoniga «adliya» yoki «tibbiy xizmat» so‘zlari qo‘shiladi.

Rezerv, zaxira yoki iste’fodagi shaxsning harbiy unvoniga tegishincha «rezervdagi», «zaxiradagi» yoki «iste’fodagi» degan so‘z qo‘shiladi.

Harbiy unvondan mahrum qilish

Ofitser, shu jumladan rezerv yoki zaxiradagi ofitser og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat uchun hukm qilinganda uni harbiy unvondan faqat sud qarori bilan mahrum qilish mumkin.

Serjantlar tarkibida esa nojo‘ya xatti-harakat uchun boshqa intizomiy choralar etarli bo‘lmagan hollarda sud yoki tegishli vazirlik va idora rahbari qarori asosida unvondan mahrum qilish mumkin.

Chat