Rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar OTMlarda tashkil etilgan:
— harbiy ta’lim fakulьtetlari;
— harbiy tayyorgarlik o‘quv markazlari;
— harbiy kafedralar;
— tegishli kurs va boshqa harbiy tayyorgarlik bo‘linmalarida tayyorlanadi.
Tayyorgarlik nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, o‘quv yig‘ini, yakuniy davlat attestatsiyasi va Vatanga qasamyod qabul qilishni qamrab oladi.
Harbiy tayyorgarlikka:
— OTMning kunduzgi bo‘limida o‘qiyotgan erkak talabalar;
— tibbiy OTM talabalari — jinsidan qat’i nazar;
— 27 yoshgacha bo‘lgan;
— salomatligi bo‘yicha harbiy xizmatga yaroqli;
— saralash tanlovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar jalb etiladi.
Tibbiy OTMlarda harbiy tayyorgarlikka jalb qilinadigan xotin-qizlar soni umumiy talabalar sonining 10 foizidan oshmasligi kerak.
Yo‘q. Talabani harbiy tayyorgarlikka qabul qilish uning rektor nomiga yozgan shaxsiy arizasi asosida, ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
Harbiy xizmatni avval o‘tab kelgan talabalar ham tegishli dastur bo‘yicha harbiy tayyorgarlikka qabul qilinishi mumkin.
«Chaqiriqqacha harbiy ta’lim» yo‘nalishida saralash OTMga kirishdagi kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonida amalga oshiriladi.
Tibbiy OTM va boshqa OTMlarning harbiy kafedralarida esa saralash tanlovi, qoida tariqasida, 2-kurs oxirida o‘tkaziladi.
Asosiy mezonlar:
— tibbiy ko‘rik;
— OTMdagi o‘zlashtirish natijalari;
— umumjismoniy tayyorgarlik;
— chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik dasturi bo‘yicha bilim darajasi.
Eslatma: faqat ariza berishning o‘zi harbiy kafedraga qabul qilinganini anglatmaydi. Talaba tibbiy jihatdan yaroqli bo‘lishi va saralash tanlovidan o‘tishi shart.
Harbiy tayyorgarlik dasturini o‘zlashtirgan, o‘quv yig‘inidan o‘tgan, yakuniy davlat attestatsiyasini topshirgan va bakalavriatni muvaffaqiyatli yakunlagan talabaga belgilangan tartibda «leytenant» harbiy unvoni beriladi.
Shundan keyin u haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilishi yoki rezerv yoxud zaxiraga o‘tkazilishi mumkin.
Harbiy tayyorgarlikdan o‘tmagan talabalar uchun esa umumiy harbiy majburiyat to‘g‘risidagi qoidalar saqlanadi.