Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 21588 marta o'qildi

Chaqiruv uchastkasida qayd etish nima uchun o‘tkaziladi

Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish:

— ularni harbiy ro‘yxatga olish;

— sonini aniqlash;

— harbiy xizmatga yaroqlilik darajasini belgilash;

— umumta’lim va jismoniy tayyorgarlik darajasini o‘rganish maqsadida amalga oshiriladi.

Qayd etish fuqaroning turar joyi bo‘yicha tuman yoki shahar mudofaa ishlari organi huzurida tashkil etilgan chaqiruv uchastkasida o‘tkaziladi.

Qachon qayd etiladi

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim muassasalaridagi fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish oxirgi o‘quv yilining oktyabrь–noyabrь oylarida amalga oshiriladi.

Chaqiruv qog‘ozi kelsa nima qilish kerak

Fuqaro chaqiruv uchastkasida qayd etilish uchun chaqiruv qog‘ozida ko‘rsatilgan vaqtda mudofaa ishlari organiga kelishi va talab etilgan hujjatlarni taqdim etishi shart.

Qayd etish uchun maxsus komissiya tuziladi. Uning tarkibiga mudofaa ishlari organi vakillari va mutaxassis vrachlar kiritiladi.

Tibbiy ko‘rik

Qayd etish jarayonida fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Ko‘rikda, jumladan:

— jarroh;

— terapevt;

— nevropatolog;

— psixiatr;

— ko‘z kasalliklari;

— quloq, tomoq va burun kasalliklari;

— tish kasalliklari bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etadi.

Zarurat bo‘lganda boshqa mutaxassislar ham jalb qilinishi mumkin.

Qayd etilgandan keyin

Chaqiriluvchiga uning chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi to‘g‘risida guvohnoma beriladi.

Shuningdek, unga:

— huquq va majburiyatlari;

— harbiy ro‘yxatda turish tartibi;

— harbiy xizmatga tayyorgarlik qoidalari tushuntiriladi.

Eslatma: fuqaro chaqiruv uchastkasida qayd etilgan paytdan boshlab harbiy ro‘yxatga kiritilgan hisoblanadi.

Chat