Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 22082 marta o'qildi

Harbiy xizmatda bo‘lish yoshi

Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun quyidagi yosh chegaralari belgilangan:

— oddiy askarlar, matroslar, serjantlar va starshinalar — 45 yosh;

— kichik ofitserlar — 45 yosh;

— katta ofitserlar — 50 yosh;

— polkovniklar va I rang kapitanlari — 55 yosh;

— general-mayor, general-leytenant va general-polkovniklar — 60 yosh.

«Armiya generali» harbiy unvonidagi ofitserlar uchun harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi belgilanmaydi.

Xizmatni yosh chegarasidan keyin davom ettirish mumkinmi

Ha.

Belgilangan yosh chegarasiga etgan, ammo:

— egallab turgan lavozimida yuqori kasbiy tayyorgarlikka;

— katta amaliy tajribaga ega;

— salomatligi bo‘yicha harbiy xizmatni davom ettirishga yaroqli harbiy xizmatchi bilan xizmat muddatini yosh chegarasidan tashqari 5 yilgacha uzaytirish haqida kontrakt tuzilishi mumkin.

Bu masala tegishli komandirlarning iltimosnomasi asosida harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idora rahbari yoxud vakolat berilgan mansabdor shaxs tomonidan hal qilinadi.

Yangi kontrakt uchun qachon murojaat qilinadi

Yosh chegarasiga etgan harbiy xizmatchi xizmatni davom ettirish uchun amaldagi kontrakt tugashidan kamida 4 oy oldin belgilangan tartibda bildirgi bilan murojaat qiladi.

U tibbiy ko‘rikka ham yuboriladi.

Eslatma: yosh chegarasiga etish harbiy xizmatni har qanday holatda avtomatik ravishda davom ettirish huquqini bermaydi. Xizmatni uzaytirishda kasbiy tayyorgarlik, amaliy tajriba, salomatlik va vakolatli rahbarning qarori hisobga olinadi.

Chat