Muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezerviga chaqiruv yiliga bir marta — mart–aprelь oylarida o‘tkaziladi.
Prezidentning chaqiruv haqidagi qarori chaqiruv boshlanishidan kamida 1 oy oldin e’lon qilinadi.
OTMning kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabaga o‘qishni tamomlagunga qadar chaqiruv kechiktiriladi.
Kechki ta’lim shaklining o‘zi bunday kechiktirish huquqini bermaydi. Kunduzgi va kechki ta’lim talabalari o‘z roziligi bilan SChRga olinishi mumkin.
Shaxslar SChRga 27 yoshga to‘lgunga qadar olinadi.
Xizmat hududiy printsipda tashkil etilib, odatda bir oylik harbiy yig‘inni o‘tashni nazarda tutadi.
Yo‘q.
2026-yil 1 fevraldan Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oilalar yoshlari SChR xizmatini bepul o‘taydi.
Boshqa shaxslar uchun qonunchilikda belgilangan pul badali to‘lash tartibi saqlanadi.
Ha.
Qonunda ota-onaning mehnatga qobiliyatsizligi, oiladagi voyaga etmagan farzandlar, xizmat o‘tayotgan tug‘ishgan aka-uka va boshqa muayyan oilaviy holatlar uchun chaqiruvni kechiktirish asoslari belgilangan.
Kechiktirish hududiy komissiya qarori bilan amalga oshiriladi.
Yo‘q.
Bu huquq qurol-yarog‘dan foydalanish va Qurolli Kuchlarda xizmat qilishni diniy ta’limoti taqiqlaydigan ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilot hisobida turgan chaqiriluvchilarga beriladi.
Muqobil xizmat muddati 24 oy, oliy ma’lumotli fuqarolar uchun 18 oy.