Prezidentning 2024-yil 23-yanvardagi PQ–39-son qaroriga muvofiq:
Reyting Soliq qo‘mitasining elektron platformasida idoralararo ma’lumotlar asosida avtomatik shakllantiriladi.
«AAA» toifadagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi. Jinoyat ishlari doirasidagi tekshiruvlar bundan mustasno.
QQS summasini qoplash yoki qaytarish bir kun muddatda, tekshiruvsiz amalga oshiriladi.
Bu tartib qayta tashkil etish natijasida huquqiy vorisda hosil bo‘lgan QQSning salbiy farq summasiga tatbiq etilmaydi.
4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan «AA» va undan yuqori toifadagi sub’ektlarga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari bo‘yicha:
Mazkur imtiyoz qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalariga nisbatan qo‘llanilishi haqidagi eski ma’lumot chiqarildi.
«A» va undan yuqori toifadagi tadbirkorlarga soliqlar bo‘yicha mavjud ortiqcha to‘lov summasi uch kun muddatda qaytariladi. QQS bo‘yicha ortiqcha to‘lov bundan mustasno.
«BBB» va undan yuqori toifadagi sub’ektlarga tovarlar importida hamda tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi tatbiq etiladi.
Materialning eski versiyasida ushbu imkoniyat faqat «A» va undan yuqori toifalarga tegishli deb ko‘rsatilgan. Amalda u «BBB» va undan yuqori toifalarga tatbiq etiladi.
Mazkur rag‘batlantirish choralari davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz yoki undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Reytingni aniqlash mezonlari Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30 yanvardagi 55-son qarori bilan belgilangan.