Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8204 marta o'qildi

16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biri yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxs:

  • tungi ishlarga;

  • ish vaqtidan tashqari ishlarga;

  • dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga;

  • xizmat safariga faqat o‘zining yozma roziligi bilan jalb qilinishi yoki yuborilishi mumkin.

Xodim ishni rad etishi mumkin

Ish beruvchi xodimni ushbu ishlar yoki xizmat safaridan voz kechish huquqi borligi haqida oldindan xabardor qilishi shart.

Xodimning rozilik bermasligi mehnat intizomini buzish deb hisoblanmaydi va unga nisbatan jazo qo‘llash uchun asos bo‘lmaydi.

To‘liqsiz ish vaqti

Xodimning iltimosiga ko‘ra, tibbiy xulosa mavjud bo‘lsa, ish beruvchi unga to‘liqsiz ish vaqti belgilashi shart.

Bunda ish haqi amalda ishlangan vaqtga yoki bajarilgan ish hajmiga mutanosib ravishda to‘lanadi.

Chat