Ushbu kun uchun xodimga bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa to‘lanadi.
Nafaqa O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Qo‘shimcha dam olish kuni xodimning arizasi asosida ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Ushbu huquqdan ota-onadan biri yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxs foydalanadi.