Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8500 marta o'qildi

Davlat organlari va tashkilotlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport ob’ektlari va inshootlaridan, shuningdek dam olish hamda turistik ob’ektlardan foydalanishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi.

Tashkilotlar tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari ishtirokida:

  • nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oilalarining madaniy, sport va turistik tadbirlarda ishtirok etishiga ko‘maklashadi;
  • nodavlat notijorat tashkilotlari bilan sheriklikda madaniy, sport va ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etadi;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan shug‘ullanishi, sport musobaqalarini o‘tkazishi va ularda ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar yaratadi;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarni sport va jamiyatning madaniy hayotiga jalb etishga qaratilgan nodavlat notijorat tashkilotlariga ko‘maklashadi;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarning barcha darajadagi sport tadbirlarida ishtirok etishini targ‘ib qiladi va rag‘batlantiradi.

Tashkilotlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport inshootlari, dam olish hamda turistik ob’ektlardan, shu jumladan bepul asosda foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Davlat sport inshootlaridan bepul foydalanish

Davlat mulki bo‘lgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari nogironligi bo‘lgan shaxslarga sport bilan shug‘ullanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida belgilangan tartibda bepul taqdim etiladi.

Demak, davlat mulkidagi har bir sport zali yoki xonadan avtomatik ravishda bepul foydalanish emas, balki tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartib asosida bepul foydalanish nazarda tutiladi.

Paralimpiya sportini rivojlantirish

Davlat sportning paralimpiya turlari bo‘yicha:

  • murabbiylarni;
  • hakamlarni;
  • boshqa mutaxassislarni

o‘qitish va tayyorlashni ta’minlaydi.

Davlat organlari nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda har yili:

  • nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport bilan shug‘ullanishga shart-sharoitlar yaratish;
  • ularni sport bilan shug‘ullanishga jalb etish

bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan shug‘ullanishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratadi.

Chat