Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1498 marta o'qildi

Davlat organlari va tashkilotlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning moddiy madaniy meros ob’ektlaridan, turistik hamda sport ob’ektlaridan va inshootlaridan, shuningdek dam olish ob’ektlaridan foydalanishini ta’minlaydi.

Teatrlar, muzeylar, kinoteatrlar, axborot-kutubxona muassasalari va axborot-resurs markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari nogironligi bo‘lgan shaxslar foydalanishi uchun qulay bo‘lishi kerak.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning moddiy madaniy meros ob’ektlaridan, turistik va sport ob’ektlari hamda inshootlaridan, shuningdek tashkilotning dam olish ob’ektlaridan foydalanishini ta’minlash maqsadida, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tashkilotlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari ishtirokida:

  • nogironligi bo‘lgan shaxslarning va ular oilalarining madaniy, sport hamda turistik tadbirlarda ishtirok etishiga ko‘maklashadi;
  • nodavlat notijorat tashkilotlari bilan sheriklikda madaniy, sport va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilishini tashkil etadi;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarga sport bilan shug‘ullanish, sport musobaqalarini o‘tkazish va ularda ishtirok etish uchun zarur shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar yaratadi;
  • faoliyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni sport bilan shug‘ullanishga va jamiyatning madaniy hayotiga jalb etishga qaratilgan nodavlat notijorat tashkilotlariga ko‘maklashadi;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarning barcha darajalardagi sport tadbirlarida ishtirok etishini targ‘ib qilish va rag‘batlantirishda ishtirok etadi.

Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tashkilotlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport inshootlari ob’ektlaridan, dam olish ob’ektlaridan, shuningdek turistik ob’ektlardan foydalanishini, shu jumladan bepul asosda foydalanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Chat