Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1472 marta o'qildi

Ommaviy axborot vositasi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

  • Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga belgilangan tartibda muassis tomonidan beriladi.
  • Muassisning ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizasi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan 10 kunlik muddatda ko‘rib chiqilishi kerak.
  • Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik hamda qayta ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi olinadi.

Quyidagilarning ro‘yxatdan o‘tkazilishi talab etilmaydi:
  • faqat o‘z rasmiy xabarlari va materiallarini, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarini e’lon qilish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ta’sis etiladigan ommaviy axborot vositalari;
  • korxona, muassasa, tashkilotning (shu jumladan o‘quv va ilmiy muassasaning) o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun adadi 100tagacha nusxada chop etiladigan davriy bosma nashrlar;
  • kabelь tarmoqlari orqali olib beriladigan (ko‘rsatiladigan) tele-, radio-, video, kinoxronikal dasturlar, shuningdek tarqatilishi bir korxona, muassasa, tashkilot (shu jumladan o‘quv va ilmiy muassasa) binosi va (yoki) hududi bilan cheklanadigan audio-, audiovizual xabar va materiallar.

Chat