Davriy bosma nashr alohida sonining adadi yoki uning bir qismi, shuningdek tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar va ommaviy axborotni elektron shaklda davriy tarqatishning alohida chiqarilishi OAV mahsuloti hisoblanadi.
OAV mahsulotini:
OAVning har bir alohida chiqarilishini tarqatishga bosh muharrir chiqarish uchun ruxsat berganidan keyingina yo‘l qo‘yiladi.
Uzluksiz ko‘rsatuv yoki eshittirishda bosh muharrirning dastlabki ruxsati efir boshlangan paytdan ko‘rsatuv yoki eshittirishdagi tanaffusga qadar amal qiladi.
Bosh muharrirning ruxsatisiz tayyorlanmagan yoki yakuniy tahrirdan o‘tmagan OAV mahsulotini tarqatish mumkin emas.
Davriy bosma nashrlar:
Chakana savdo orqali sotishni savdo tarmog‘iga ega yuridik shaxslar va belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkorlar ham amalga oshirishi mumkin.
Tahririyat va tarqatuvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomada tarqatish tartibi, obuna shartlari, bosmadan chiqarish jadvali, taraflarning majburiyatlari va nizolarni hal qilish tartibi belgilanadi.
Obuna shartlari, jumladan nashrning hajmi, formati, chiqarilish davriyligi va obuna davri tahririyat tomonidan belgilanadi. Obunani qabul qilish joylari, muddatlari, tarqatish hududi va rasmiylashtirish tartibini tarqatuvchi belgilaydi.
Obunachi:
Obuna rasmiylashtirilganini tasdiqlovchi hujjatni obuna muddati tugaguniga qadar saqlash maqsadga muvofiq.
Chakana savdo tarmog‘idan yashirin poligrafik nuqsonga ega nashr sotib olinsa, u sotib olingan joyda almashtirilishi kerak. Almashtirish imkoni bo‘lmasa, xaridorga to‘langan pul qaytariladi.
Tarqatuvchi obuna qabul qilish qoidalarini, nashrni etkazib berish muddatlarini yoki obunachining shaxsiy ma’lumotlarini muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgar bo‘ladi.
Bolalarning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborot mavjud davriy bosma nashrlar jamoat joylarida faqat yopiq o‘rovda tarqatilishi mumkin.
Tahririyat bunday nashrning yoshga oid toifasini belgilashi va har bir nusxani yopiq o‘rovda tarqatuvchiga taqdim etishi shart. O‘rovsiz yoki o‘rovi shikastlangan nashr tarqatuvchi tomonidan tahririyatga qaytariladi.
Davriy bosma nashrning Internetga joylashtirilgan yoki elektron qurilmalar orqali o‘qishga mo‘ljallangan shakli uni tarqatish usullaridan biri hisoblanadi.
Agar bosma va elektron shakllarning mazmuni aynan bir xil bo‘lsa hamda qonunchilik talablariga rioya etilsa, tahririyat elektron shaklni mustaqil OAV sifatida alohida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan tarqatishga haqli.