Yadro poligonlarida va boshqa yadroviy-radiatsiya ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslarga salomatligini tiklash uchun har yili bir yo‘la moddiy yordam to‘lanadi.
Moddiy yordam:
- ishlamayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga — yashash joyidagi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman yoki shahar bo‘limi tomonidan;
- ishlayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga — asosiy ish joyi bo‘yicha to‘lanadi.
Har yilgi bir yo‘la moddiy yordam quyidagi miqdorlarda belgilangan:
- I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida;
- III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida.
Ushbu imtiyozlar yadro poligonlarida va boshqa yadroviy-radiatsiya ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘taganligini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi guvohnomaga ega bo‘lgan shaxslarga, ular pensiya yoshiga etganidan keyin tatbiq etiladi.