Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1356 marta o'qildi

Bloger — Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi, shu jumladan axborotdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs.

Veb-sayt yoki veb-sayt sahifasi (bloger) egasi o‘z resurslaridan quyidagi maqsadlarda foydalanishni oldini olishga majburdir:

  • O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud qonuniy ravishda saylab qo‘yilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq da’vat qilish, shuningdek, bunday mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish;
  • urush, bosqinchilikni tashviqot qilish;
  • milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qo‘zg‘atuvchi ma’lumotlarni tarqatish;
  • giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targ‘ib qilish;
  • pornografiyani targ‘ib qilish;
  • ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa harakatlarni sodir etish.

Veb-sayt yoki veb-sayt sahifasining egasi (bloger) hamma uchun ochiq bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z resurslariga joylashtirishdan oldin uning to‘g‘riligini tekshirishi shart.

! Ushbu qonun talablarini buzish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Chat