Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1280 marta o'qildi

Jurnalist mehnatga oid yoki boshqa shartnomaviy munosabatlar asosida ommaviy axborot vositalari uchun xabarlar va materiallarni to‘plash, tahlil etish, tahrir qilish, tayyorlash hamda tarqatishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsdir.\

O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining tsenzura qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Jurnalistning huquqlari:

Jurnalist o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog‘ida:

  • axborotni to‘plash, tahlil etish, tahrir qilish, tayyorlash va tarqatish;
  • axborot olish uchun davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga murojaat etish;
  • davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni istisno etgan holda hujjatlar, materiallar va axborotdan foydalana olish;
  • jurnalist tekshiruvi o‘tkazish;
  • o‘zi tayyorlagan xabarlar va materiallarni ommaviy axborot vositalari orqali imzosini yoki taxallusini qo‘yib tarqatish, ularda o‘z fikr-mulohazasini ifodalash;
  • davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida va ommaviy tadbirlarida hozir bo‘lish;
  • jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan mansabdor shaxs qabulida bo‘lish;
  • ma’lumotlarni belgilangan tartibda yozib olish, shu jumladan zarur texnika vositalaridan foydalangan holda yozib olish;
  • sudlarning ochiq majlislarida, harbiy harakatlar maydonlarida, tabiiy ofat yuz bergan hududlarda, ommaviy tadbirlarda hozir bo‘lish; Boshqalar.

Jurnalistning majburiyatlari:

O‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog‘ida jurnalist:

  • qonunchilik hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari talablariga rioya etishi;
  • o‘zi tayyorlayotgan materiallarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirishi va xolis axborot taqdim etishi;
  • aybsizlik prezumptsiyasi printsipiga amal qilishi;
  • jurnalistika sohasining sirini oshkor etmasligi;
  • jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalariga rioya etishi;
  • shaxsning huquqlari va erkinliklarini, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.

Jurnalist jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida shaxs daxlsizligi kafolatidan foydalanadi.
Tanqidiy materiallar e’lon qilganligi uchun jurnalistni ta’qib qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

  • Jurnalistning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati qonun bilan qo‘riqlanadi.
  • Davlat jurnalistga axborotni erkin olishi va tarqatishini kafolatlaydi, o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishida uning himoya qilinishini ta’minlaydi.
  • Jurnalistning jurnalistlik faoliyatiga aralashish, undan o‘z kasbiga doir vazifalarni bajarish chog‘ida olgan biror bir ma’lumotni talab etish taqiqlanadi.
Chat