Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1235 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasining jurnalisti chet elda jurnalistlik faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining va o‘zi akkreditatsiya qilingan mamlakatning qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilingan chet el jurnalisti axborot to‘plash va tarqatishda O‘zbekiston Respublikasi jurnalisti bilan teng huquqlarga ega.

Chet el jurnalisti O‘zbekiston Respublikasi hududida jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga rioya etishi shart.

  • Chet el jurnalisti ushbu Qonunni, boshqa qonunchilik hujjatlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalarini buzgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi uning akkreditatsiyasini bekor qilishi mumkin.
  • Chet el jurnalisti o‘zining O‘zbekiston Respublikasidagi akkreditatsiyasini bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi chiqargan qaror ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Chat