Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1032 marta o'qildi

OAVni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida beg‘araz ko‘mak deyilganda:

  • yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy ehsonlari va boshqa ehsonlari;
  • tashkilotlarning moliyaviy mablag‘lari va texnik ko‘maklashish doirasidagi mol-mulki, grantlari va boshqa beg‘araz yordami, shu jumladan safarlar, O‘zbekiston Respublikasi hududida va chet elda o‘tkaziladigan treninglar, seminarlar, konferentsiyalar bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni qoplash;
  • beg‘araz xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish tushuniladi.

OAV tahriyatlariga:
  • xorijiy davlatlar;
  • xalqaro, xorijiy hukumat tashkilotlari va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar, ularning vakolatxonalari va filiallari;
  • chet ellik qatnashchining ulushi 30 foizdan ortiq bo‘lgan xorijiy investitsiyalar jalb etilgan korxonalar;
  • xorijiy fuqarolar;
  • fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
  • diniy tashkilotlar, ular yuridik shaxs — OAVning tahririyati ustav fondida qatnashgan hollar bundan mustasno;
  • nomi yashirilgan shaxslar yoki taxallus ostidagi shaxslar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri beg‘araz ko‘mak berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

OAV tahririyatlari tomonidan bir yil mobaynida ko‘makning bir manbaidan olingan beg‘araz ko‘mak mablag‘lari summasi (natura ifodasida ko‘mak berilgan taqdirda — pul ifodasida qayta hisoblab chiqiladi) tahririyatning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq yillik xarajatlar umumiy summasining 35 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.

OAV tahririyatlari beg‘araz ko‘mak olingan kundan boshlab 1 oy mobaynida belgilangan miqdordan ortiqcha summani ko‘maklashgan shaxsga qaytarishi shart.

Chat