Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1350 marta o'qildi

Qonunning maqsadi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonunning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
  • jismoniy va yuridik shaxslarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishini ta’minlash;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olish huquqining kafolatlarini ta’minlash;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining qabul qilinayotgan qarorlar uchun mas’uliyatini oshirish;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni tarqatish tartibini belgilash.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:

  • ular tomonidan taqdim etiladigan axborotdan hammaning foydalanishi mumkinligi, uning o‘z vaqtida berilishi va ishonchliligi;
  • ular faoliyatining oshkoraligi va shaffofligi;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni izlash, olish va tarqatish erkinligi;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida axborot taqdim etishda fuqarolarning o‘z sha’ni va qadr-qimmatini tajovuzlardan, o‘z shaxsiy hayotiga aralashuvlardan himoya qilishga bo‘lgan huquqlari va qonuniy manfaatlariga, shuningdek fuqarolar va yuridik shaxslarning o‘z ishchanlik obro‘sini himoya qilishga bo‘lgan huquqlariga rioya etish.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga quyidagilar kiradi:
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarining huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, normativ hamda boshqa hujjatlar, shuningdek ularning ijro etilishining borilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga, normativ va boshqa hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ushbu hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs axborotdan foydalanuvchidir.

Axborotdan foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi ishonchli axborotni olish va tarqatish;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborotni olish uchun bevosita yoxud o‘z vakillari orqali so‘rov bilan murojaat etish;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishni rad etish.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot manbalari quyidagilardan iborat:
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy nashrlari;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining, shuningdek ushbu organlar tomonidan vakolat berilgan mansabdor shaxslarning chiqishlari va bayonotlari;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari axborot xizmatlarining xabarlari;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rasmiy veb-saytlarining materiallari;
  • ommaviy axborot vositalarining materiallari.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash usullari quyidagilardan iborat.

Chat