Mazkur yordam:
beriladi.
Ushbu yordam turi ayni bir ariza beruvchiga bir yilda bir marta ajratiladi.
Davolanish turiga qarab quyidagi miqdorda mablag‘ ajratiladi:
Tuman yoki shahar tibbiyot birlashmasi yoxud uning bo‘limi tomonidan beriladigan xulosada davolanish uchun talab etiladigan mablag‘ miqdori aniq ko‘rsatilishi kerak.
Mazkur ijtimoiy yordam:
ajratiladi.
Bir xil davolanish xarajatini bir vaqtning o‘zida bir nechta manba hisobidan qoplashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ariza beruvchi uni «Yoshlar daftari»ga kiritish va davolanish xarajatlarini qoplash bo‘yicha ijtimoiy yordam ajratishni so‘rab:
murojaat qilishi mumkin.
16 yoshga to‘lmagan yoshlar nomidan ularning ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxs murojaat qiladi.
Davolanish xarajatlarini qoplash bo‘yicha yordam oluvchilardan ijtimoiy shartnoma tuzish talab etilmaydi.
Arizaga tuman yoki shahar tibbiyot birlashmasi yoxud uning bo‘limi tomonidan berilgan tibbiy xulosa ilova qilinadi.
Xulosada:
aniq ko‘rsatilishi lozim.
Ariza beruvchining oilasi Ijtimoiy reestrga kiritilganligi yoki oila daromadi belgilangan mezonga muvofiqligi tegishli axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda aniqlanadi.
Yoshlar etakchisi murojaatni o‘rganib, kollegial qaror qabul qilish uchun 3 ish kuni ichida «mahalla ettiligi»ga kiritadi.
«Mahalla ettiligi» murojaat va unga ilova qilingan hujjatlarni o‘rganib:
to‘g‘risida 5 ish kuni ichida qaror qabul qiladi.
Qabul qilingan qaror haqida ariza beruvchiga elektron shaklda yoki SMS-xabar orqali ma’lum qilinadi.
Ijtimoiy yordam ajratish haqida ijobiy qaror qabul qilinganda, ariza beruvchi Sog‘liqni saqlash vazirligining DMED axborot tizimi orqali:
davolanish uchun yo‘naltiriladi.
Ariza beruvchilar DMED axborot tizimida boshqa bemorlardan alohida yuritiladigan navbat asosida davolanadi.
Tibbiyot tashkiloti bemorni yo‘llanma va alohida navbat asosida qabul qilib, jarrohlik amaliyotisiz davolashni yoki jarrohlik amaliyotini o‘tkazishni ta’minlaydi.
Bemor davolanganidan keyin tibbiyot tashkiloti ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarni asoslovchi hujjatlarni Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasiga taqdim etadi.
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tegishli xarajatlarni qoplash uchun elektron talabnoma kiritadi.
Talabnomadagi mablag‘ miqdori tuman yoki shahar tibbiyot birlashmasi yoxud uning bo‘limi tomonidan berilgan xulosada ko‘rsatilgan miqdordan oshmasligi kerak.
Tuman yoki shahar hokimligi talabnoma kelib tushganidan keyin 3 ish kuni ichida «Yoshlar daftari» jamg‘armasi mablag‘larini Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasining tegishli hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi mablag‘larni tibbiy xizmat ko‘rsatgan tashkilotga o‘tkazib beradi. Mablag‘lar ariza beruvchining o‘ziga naqd pul shaklida berilmaydi.