O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplash uchun subsidiya ajratilishi mumkin.
Yakka tartibdagi uy-joyni qurish yoki rekonstruktsiya qilish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha ham foiz to‘lovlarining bir qismi subsidiya hisobidan qoplanishi mumkin.
Ariza beruvchi yoki uning oila a’zolaridan biri «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimining «Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza» modulida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, ijtimoiy mezonlar bo‘yicha 5 ball beriladi.
Bunda nogironlik holatini tasdiqlash uchun tuman tibbiyot birlashmasining alohida xulosasini taqdim etish talab qilinmaydi.
Ma’lumotlar Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimi orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
Ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida baholanadi.
Ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olish huquqiga ega talabgor deb topilish uchun ariza beruvchi 30 va undan yuqori ball to‘plashi kerak.
Nogironlik holati uchun beriladigan 5 ballning o‘zi subsidiya olish uchun etarli emas. Ariza beruvchi daromadi, uy-joyi mavjud yoki mavjud emasligi va boshqa ijtimoiy mezonlar bo‘yicha ham baholanadi.
Ariza beruvchiga quyidagi mezonlar asosida ball beriladi:
Ariza beruvchi yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida respublika hududida to‘liq mulk huquqi asosida uy-joy mavjud bo‘lsa, subsidiya ajratilmaydi.
Ipoteka subsidiyasi olish uchun:
ariza berish mumkin.
Ariza va tegishli ma’lumotlar mas’ul davlat organlarining axborot tizimlari orqali avtomatik tekshiriladi. Davlat xizmatini ko‘rsatish hamda ma’lumotlarni olish uchun to‘lov undirilmaydi.
Quyidagi hollarda subsidiya ajratish rad etilishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori