Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15518 marta o'qildi

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil etiladi

Akademiya qanday ta’lim muassasasi?

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi Oliy sport mahorati instituti negizida tashkil etilgan. Akademiyada o‘quv jarayoni 2025/2026 o‘quv yilidan amalga oshirilmoqda.

Talabalar qanday qabul qilinadi?

Qabul parametrlari oliy ta’lim muassasalari uchun belgilanadigan davlat buyurtmasi doirasida shakllantiriladi.

Talabalar kontingenti birinchi navbatda Jahon, Osiyo va O‘zbekiston chempionatlarida yuqori natija ko‘rsatgan bitiruvchilar orasidan sport natijalariga qarab saralash asosida shakllantiriladi.

Olimpiya va paralimpiya kollejlaridan saralangan bitiruvchilar Akademiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi bosqichga qabul qilinadi.

Bitiruvchi qanday hujjat oladi?

Akademiya bitiruvchilariga:

  • davlat namunasidagi oliy ma’lumot to‘g‘risida diplom;
  • trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 6 yilga malaka sertifikati beriladi.
Chat