Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12712 marta o'qildi

Ta’lim qanday tashkil etiladi?

Turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash davlat oliy ta’lim muassasalarida uch yillik ta’lim dasturlari asosida dual ta’limning blok-modulь shaklida tashkil etiladi.

O‘qish va amaliyot nisbati:

  • birinchi kursda — 80 foiz nazariya va 20 foiz amaliyot;
  • ikkinchi kursda — 50 foiz nazariya va 50 foiz amaliyot;
  • uchinchi kursda — 30 foiz nazariya va 70 foiz amaliyot.

Amaliyot bazalariga qanday imtiyoz berilgan?

Ta’lim muassasalariga turizm sohasida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun yuridik shaxs tashkil etmagan holda amaliyot bazalarini tashkil etishga ruxsat berilgan.

2027-yil 1 yanvarga qadar bunday amaliyot bazalarida xizmat ko‘rsatishdan olingan foyda bo‘yicha foyda solig‘i belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan stavkada qo‘llanadi. Tejalgan mablag‘lar amaliyot bazalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltiriladi.

Gid-tarjimonlarni tayyorlash

Xorijiy tillarni biladigan gid-tarjimonlarni tayyorlash uchun maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish nazarda tutilgan.

Belgilangan oliy ta’lim muassasalarida bunday kurslarni tashkil etish xarajatlarining 30 foizi, 2024-yil 1 oktyabrdan boshlab uch yil davomida, Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilangan.

Chat