Litsenziya shartnomasida intellektual mulk ob’ektiga mutlaq huquq egasi — litsenziar boshqa tarafga — litsenziatga mazkur ob’ektdan foydalanish huquqini beradi.
Bunda mulkiy huquqning o‘zi to‘liq boshqa shaxsga o‘tib ketishi shart emas. Litsenziat faqat shartnomada belgilangan doirada ob’ektdan foydalanish huquqini oladi.
Litsenziya shartnomasida kamida:
Davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan litsenziya shartnomasi bo‘yicha arizada, shuningdek, berilayotgan huquqlar hajmi, shartnomaning amal qilish hududi va muddati ko‘rsatiladi.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra litsenziya shartnomasi pullik hisoblanadi.
Shu sababli shartnomada haq to‘lash tartibi va miqdorini aniq belgilab qo‘yish amaliy jihatdan muhim.
Oddiy (nomutlaq) litsenziyada litsenziar:
Mutlaq litsenziyada litsenziar ob’ektdan o‘zi foydalanish huquqini saqlab qoladi, ammo shartnoma doirasida boshqa shaxslarga litsenziya berish huquqiga ega bo‘lmaydi.
Agar shartnomada boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa, litsenziya oddiy (nomutlaq) deb hisoblanadi.
Faqat asosiy litsenziya shartnomasida bunga ruxsat berilgan bo‘lsa.
Litsenziatning ob’ektdan foydalanish huquqini yana boshqa shaxsga berishi sublitsenziya shartnomasi hisoblanadi. Sublitsenziat harakatlari uchun, shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, litsenziar oldida litsenziat javob beradi.
Qonunchilikda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish nazarda tutilgan intellektual mulk ob’ektlari bo‘yicha arizani:
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar vakolatli organga kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Kamchilik aniqlansa, ularni bartaraf etish uchun so‘rov yuboriladi va ariza beruvchiga zarur hujjatlarni taqdim etish uchun 3 oy beriladi.
Shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bu haqdagi ma’lumot davlat reestriga kiritiladi va ariza beruvchiga elektron xabarnoma yuboriladi.
EHM dasturi va ma’lumotlar bazasi bo‘yicha litsenziya shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ixtiyoriy.
Eslatma: litsenziya shartnomasi intellektual mulkka bo‘lgan huquqni to‘liq sotish emas. Litsenziat faqat shartnomada berilgan hajm, muddat va hudud doirasida foydalanishi mumkin.