Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1728 marta o'qildi

Fuqarolik huquqlari quyidagi yo‘llar bilan himoya qilinadi:

  • huquqni tan olish;
  • huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish;
  • bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash;
  • davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish;
  • shaxsning o‘z huquqini o‘zi himoya qilishi;
  • burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;
  • zararni to‘lash;
  • neustoyka undirish;
  • ma’naviy ziyonni qoplash;
  • huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o‘zgartirish;
  • davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining qonunga zid hujjatini sudning qo‘llamasligi.
  • fuqarolik huquqlari qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ham himoya qilinishi mumkin.

Intellektual mulk ob’ektlariga nisbatan mutlaq huquqlarni himoya qilish qo‘yidagicha amalga oshirilishi ham mumkin:

  • mutlaq huquqlar qaysi moddiy ob’ektlar yordamida buzilgan bo‘lsa, o‘sha moddiy ob’ektlarni hamda bunday buzish natijasida yaratilgan moddiy ob’ektlarni olib qo‘yish orqali;
  • yo‘l qo‘yilgan buzish haqidagi ma’lumotni majburiy suratda e’lon qilib, unga buzilgan huquq kimga tegishliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali;
  • qonunda nazarda tutilgan boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin.

Intellektual faoliyat natijalarini va xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalarni yaratish hamda ulardan foydalanish to‘g‘risidagi shartnoma buzilganda majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi umumiy qoidalar qo‘llaniladi.

Chat