Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1102 marta o'qildi

Uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lmagan texnikaviy, tashkiliy yoki tijorat axborotiga, shu jumladan ishlab chiqarish sirlariga (nou-xau) qonunan ega bo‘lib turgan shaxs uni (oshkor etilmagan axborotni), basharti Fuqarolik Kodeksining 98-moddasida belgilab qo‘yilgan shartlarga rioya etilgan bo‘lsa, noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish huquqiga ega.

  • Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish huquqi bu axborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarishdan (uni ro‘yxatdan o‘tkazish, guvohnoma olish va hokazodan) qat’i nazar vujudga keladi.

Oshkor etilmagan axborotni muhofaza qilish qoidasi qonunga muvofiq xizmat yoki tijorat siri bo‘la olmaydigan ma’lumotlarga (yuridik shaxslar to‘g‘risidagi, mol-mulkka bo‘lgan huquqlar va mol-mulk xususida tuzilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan kelishuvlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etiladigan ma’lumotlar va hokazolarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.

Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asosi bo‘lmay turib olgan yoki tarqatgan yoxud undan foydalanayotgan shaxs bu axborotga qonunan ega bo‘lib turgan shaxsga axborotdan noqonuniy foydalanganlik natijasida etkazilgan zararni to‘lashi shart.

Oshkor etilmagan axborotdan noqonuniy foydalanayotgan shaxs bu axborotni uni tarqatishga huquqi bo‘lmagan shaxsdan olgan bo‘lsa, axborotni qo‘lga kirituvchi shaxs bundan bexabar bo‘lsa va buni bilmasligi kerak bo‘lsa (axborotni insofli egallovchi), oshkor etilmagan axborotning qonuniy egasi axborotni insofli egallovchi axborotdan foydalanayotganligi noqonuniy ekanligini bilib qolganidan so‘ng oshkor etilmagan axborotdan foydalanganlik natijasida etkazilgan zararlarni qoplashni undan talab qilishga haqlidir.

  • Oshkor etilmagan axborotga qonunan ega bo‘lib turgan shaxs bu axborotdan noqonuniy foydalanayotgan shaxsdan axborotdan foydalanishni darhol to‘xtatishni talab qilishga haqlidir. Biroq sud oshkor etilmagan axborotni insofli egallovchi undan foydalanganda sarflagan mablag‘larini inobatga olib, bu axborotdan haq to‘lab olinadigan alohida litsenziya asosida bundan buyon ham foydalanishiga ruxsat etishi mumkin.
  • Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi ma’lumotlarni mustaqil tarzda va qonunan olgan shaxs bu ma’lumotlardan, tegishli oshkor etilmagan axborot egasining huquqlaridan qat’i nazar, foydalanishga haqli va bunday foydalanish uchun uning oldida javob bermaydi.

Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish huquqining boshqa shaxsga o‘tishi

Chat