O‘simlikning yangi navi yoki hayvonning yangi zotiga bo‘lgan huquq patent berilgan taqdirda muhofaza qilinadi.
Selektsiya yutug‘i:
Yangilik mezonini baholashda urug‘lik, ko‘chat yoki nasl materiali talabnoma berilguniga qadar O‘zbekistonda kamida 1 yil, boshqa davlatda kamida 4 yil, tok, yog‘ochbop, manzarali, mevali va o‘rmon daraxtlari navlari bo‘yicha esa kamida 6 yil oldin sotilmagan yoki foydalanish uchun boshqa shaxslarga berilmagan bo‘lishi hisobga olinadi.
Yo‘q. Ijodiy mehnati bilan yangi nav yoki zotni yaratgan, chiqargan yoki aniqlagan jismoniy shaxs selektsiya yutug‘ining muallifi hisoblanadi.
Patent esa muallifga, uning merosxo‘riga, talabnomada ko‘rsatilgan boshqa shaxsga yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda ish beruvchiga berilishi mumkin. Patent egasi bo‘lmagan muallif selektsiya yutug‘idan litsenziya asosida foydalanilganda yoki u sotilganda shartnoma asosida haq olish huquqiga ega.
Selektsiya yutug‘i tegishli davlat reestrida ro‘yxatga olingan sanadan:
Patent egasining iltimosnomasiga ko‘ra bu muddat ko‘pi bilan 10 yilga uzaytirilishi mumkin.
Patent selektsiya yutug‘ining nomi, unga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydi.
Patent egasining huquqi selektsiya yutug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani haqidagi ma’lumot Adliya vazirligining rasmiy axborotnomasida e’lon qilingan sanadan amal qiladi.
Patent egasi nav yoki zotni patent amal qilgan davrda ro‘yxatdan o‘tkazishda qayd etilgan asosiy belgilar saqlanadigan holatda ushlab turishi lozim.
Ha. Patentni o‘z kuchida saqlash uchun belgilangan boj o‘z vaqtida to‘lanmagani sababli patent tugatilgan bo‘lsa, belgilangan boj to‘langan holda uni tiklash haqida murojaat qilish mumkin.
Iltimosnoma patentning amal qilishi tugatilgan sanadan 3 yil ichida, biroq patentning qonunda belgilangan umumiy amal qilish muddati tugamasidan oldin beriladi.
Eslatma: yangi nav yoki zotni yaratishning o‘zi mutlaq huquqni avtomatik ravishda bermaydi. Selektsiya yutug‘ini tijorat maqsadida huquqiy himoya qilish uchun belgilangan tartibda patent olish zarur.