
To‘lov-kontraktning bir qismini qoplash uchun ariza beruvchi:
Quyidagi ta’lim turlari va shakllariga yordam tatbiq etilmaydi:
Shuningdek, Ijtimoiy reestrga kiritilmagan oila a’zosi mazkur yordamdan foydalana olmaydi.
To‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplanishi mumkin.
To‘lov-kontraktni qoplash — belgilangan yordam summasini talabaga naqd pulda berish emas, balki ta’lim tashkilotining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish.
Aniq summa «mahalla ettiligi» qarori va ijtimoiy shartnoma shartlarining bajarilish darajasiga qarab belgilanadi.
Ariza:
Ariza beruvchi bir vaqtning o‘zida «Yoshlar daftari»ga kiritish va to‘lov-kontrakt yordamini ajratishni so‘raydi. Murojaatlar yil davomida qabul qilinadi, iyulь, avgust va sentyabrь oylari bundan mustasno.
To‘lov-kontrakt va qarzdorlikka oid ma’lumotlar tegishli axborot tizimlari orqali tekshiriladi. Murojaat mahalladagi yoshlar etakchisiga yuboriladi, zarur ijtimoiy shartnoma rasmiylashtiriladi va «mahalla ettiligi» tomonidan 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Ijobiy qaror qabul qilinganda mablag‘ talabaga emas, ta’lim tashkilotining bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. To‘lov miqdori ijtimoiy shartnoma shartlarining birinchi oyda bajarilishiga mutanosib ravishda aniqlanadi.
Ariza beruvchi:
Rad etishga Ijtimoiy reestrda mavjud emaslik, ta’lim shaklining talabga mos kelmasligi, noto‘g‘ri ma’lumot yoki zarur hujjatlarni taqdim etmaslik sabab bo‘lishi mumkin.
Ariza beruvchi ma’lumotlardagi xatoni tuzatishi, etishmayotgan hujjatni taqdim etishi, qarordan yuqori turuvchi Yoshlar ishlari organiga yoki ma’muriy sudga shikoyat qilishi mumkin.