
Bepul chipta «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimidagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reestriga kiritilgan shaxslarga beriladi.
Reestr Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan yuritiladi.
Reestr — o‘zgalar parvarishi va ijtimoiy xizmatlarga muhtoj deb e’tirof etilgan shaxslar haqidagi elektron ma’lumotlar bazasi.
Reestrga kiritilgan shaxsga bir yilda bir marta borish va qaytish uchun:
Shaxs borish va qaytish yo‘nalishlarida bir xil transportdan foydalanishi shart emas. Masalan, borish uchun poezd, qaytish uchun avtobus tanlanishi mumkin.
Ha. Reestrga kiritilgan shaxsga bevosita hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxs ham borish va qaytish uchun bepul chipta olish huquqiga ega.
Hamroh shaxs haqidagi ma’lumot ham Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimi orqali tasdiqlanadi.
Bepul chipta:
rasmiylashtiriladi.
Chipta beruvchi mas’ul xodim shaxsning ma’lumotini elektron reestrdan tekshiradi va uni shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan solishtiradi. Chipta beriladigan joylar haqidagi axborot «Inson» markazlarida, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiriladi.
Chiptani rasmiylashtirishda shaxs:
Hujjatning amal qilish muddati chipta olishda ham, safar vaqtida ham o‘tmagan bo‘lishi shart.
Temir yo‘lda bepul chipta kupeli vagon tarifi bo‘yicha beriladi.
Yo‘lovchi yoki hamroh shaxs yuqoriroq tarifdagi vagonni tanlasa, kupe tarifi bilan tanlangan joy narxi o‘rtasidagi farqni o‘zi to‘laydi.
Chipta rasmiylashtirishda ma’lumot reestrda chiqmasa, yashash joyidagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilib:
Chipta berish asossiz rad etilsa, transport tashkilotiga, Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.