Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12540 marta o'qildi

Ayrim tadbirkorlarga to‘langan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi

Qaytariladigan QQS miqdori

Umumiy ovqatlanish korxonalariga oylik aylanmaning naqd pulsiz qismi:

  • 60 foiz va undan yuqori bo‘lganda — byudjetga to‘langan QQSning 40 foizi;
  • 60 foizdan kam bo‘lganda — byudjetga to‘langan QQSning 20 foizi qaytariladi.

Turoperatorlik, mehmonxona va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga byudjetga to‘langan QQSning 20 foizi qaytariladi.

Tibbiy xizmatlar uchun mazkur tartib 2026-yil 1 yanvardan qo‘llanadi.

Asosiy mezonlar

Tegishli xizmatning oylik jami aylanmadagi ulushi:

  • turoperatorlik xizmatlarida — kamida 90 foiz;
  • umumiy ovqatlanish xizmatlarida — kamida 80 foiz;
  • tibbiy xizmatlarda — kamida 70 foiz bo‘lishi kerak.

Mehmonxona xizmatlari uchun:

  • yulduzsiz yoki 1 yulduzli — kamida 90 foiz;
  • 2 yulduzli — kamida 85 foiz;
  • 3 yulduzli — kamida 80 foiz;
  • 4 yulduzli — kamida 75 foiz;
  • 5 yulduzli — kamida 70 foiz.

Ulush elektron hisobvaraq-fakturalar, onlayn kassa cheklari va marketpleys ma’lumotlari asosida aniqlanadi.

Murojaat qilish

Tadbirkor soliq hisobotini topshirgandan keyin, lekin uch oydan kechiktirmasdan, QQSning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishi mumkin. Murojaat avtomatlashtirilgan dastur orqali ko‘rib chiqiladi.

Elektron hisobvaraq-fakturalar, kassa cheklari va marketpleysda xizmatning identifikatsiya kodi to‘g‘ri ko‘rsatilishi uchun tadbirkor javobgar.

Tartib Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 745-son qarori bilan tasdiqlangan va 2028-yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.

Chat