
Mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega, aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborli 3 nafar faol nuroniy 5 ta kambag‘al oilaga biriktiriladi.
Oilalar faol nuroniylarga 6 oy muddatga biriktiriladi. «Mahalla ettiligi» oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash bo‘yicha ishlarda nuroniylarga ko‘maklashadi.
Faol nuroniylar:
Faol nuroniylar har oy mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizi miqdorida rag‘batlantiriladi.
Ularning tavsiyasiga asosan «Nuroniy» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan oila farzandlari uchun o‘quv jihozlari va sport kiyimlarini xarid qilish, shuningdek mahalladagi keksalarning sport tadbirlarida qatnashishi bilan bog‘liq ayrim xarajatlar qoplanishi mumkin.
Keksa yoshdagi fuqarolarni sportga jalb qilish uchun «Nuroniy» jamg‘armasi hisobidan har bir mahallaga yiliga 10 mln so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.
Faol nuroniylar, shuningdek, mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish, dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi yuzasidan jamoatchilik nazoratini tashkil etishda ishtirok etadi.