Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 150489 marta o'qildi

Litsenziya talab qilinadigan tashishlar

Quyidagi tijorat asosidagi tashish faoliyati litsenziyalanadi:

  • shahar, shahar atrofi va shaharlararo yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish;
  • xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish;
  • xalqaro yo‘nalishlarda avtomobilь transportida yuk tashish.

O‘zbekiston hududida oddiy yuk tashish umumiy tartibda mazkur litsenziyani talab qilmaydi. Litsenziyalash talabi asosan xalqaro yuk tashish faoliyatiga tatbiq etiladi.

Yo‘lovchilarni tijorat asosida tashish yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Shahar, shahar atrofi va shaharlararo yo‘nalishlarda engil avtomobilda yo‘lovchi tashish bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ham shug‘ullanishi mumkin.

Litsenziya va litsenziya varaqasi

Litsenziya tashuvchiga belgilangan faoliyat turi bilan shug‘ullanish huquqini beradi.

Tashishda foydalaniladigan har bir avtotransport vositasi uchun alohida litsenziya varaqasi olinishi shart. Litsenziya varaqasisiz transport vositasida tijorat asosida yo‘lovchi yoki xalqaro yo‘nalishda yuk tashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Litsenziya va litsenziya varaqasi QR-kod bilan elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Litsenziyalovchi organlar

Xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi va yuk tashish bo‘yicha litsenziyalarni Transport vazirligi beradi.

Shahar, shahar atrofi va shaharlararo yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish litsenziyalari:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi;
  • viloyatlar transport boshqarmalari;
  • Toshkent shahar transport boshqarmasi tomonidan beriladi.

Murojaat qilish tartibi

Ariza:

Elektron murojaat tegishli identifikatsiya vositasi — ERI, elektron imzo, Mobile-ID yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa usul bilan tasdiqlanadi.

Taqdim etiladigan ma’lumotlar

Holatga qarab quyidagi ma’lumotlar talab etiladi:

  • ariza beruvchi va litsenziyalanadigan faoliyat turi haqidagi ma’lumotlar;
  • transport vositalarining ro‘yxati;
  • transport vositalarining mulk, ijara yoki boshqa qonuniy foydalanish huquqi asosida tegishliligi;
  • haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish imkoniyati;
  • transport vositalarini yo‘lga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan o‘tkazish sharoiti yoki bu borada ixtisoslashgan tashkilot bilan tuzilgan shartnoma;
  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning so‘nggi bir yil ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi haqidagi ma’lumot.

Davlat axborot tizimlarida mavjud ma’lumotlar idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadi. Reglamentda nazarda tutilmagan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Ko‘rib chiqish muddati

Ariza, qoida tariqasida, 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxsning engil avtomobilda shahar, shahar atrofi yoki shaharlararo yo‘nalishda yo‘lovchi tashish uchun bergan arizasi real vaqt rejimida — 10 daqiqa ichida ko‘rib chiqiladi.

To‘lov amalga oshirilgandan keyin QR-kodli litsenziya yoki litsenziya varaqasi 10 daqiqa ichida elektron shaklda yuboriladi.

Arizani ko‘rib chiqish yig‘imi

Yuridik shaxslar va tegishli tadbirkorlik sub’ektlari uchun arizani ko‘rib chiqish yig‘imi — 2 BHM.

YaIDXP orqali murojaat qilinganda belgilangan to‘lovning 90 foizi, ya’ni 1,8 BHM undiriladi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxsdan arizani ko‘rib chiqish uchun alohida yig‘im undirilmaydi.

Litsenziya varaqasi uchun davlat boji

Litsenziyaning o‘zi berilganligi uchun davlat boji undirilmaydi. Davlat boji har bir transport vositasi uchun bir yillik litsenziya varaqasiga alohida to‘lanadi:

  • 14 o‘ringacha bo‘lgan avtobus yoki mikroavtobus — 1 BHM;
  • 14 o‘rindan ortiq avtobus — 2,5 BHM;
  • 4 o‘ringacha bo‘lgan engil avtomobilь — 2 BHM;
  • 4 o‘rindan ortiq engil avtomobilь — 3,5 BHM;
  • xalqaro yo‘nalishda 12 o‘rindan ortiq avtobus — 28 BHM;
  • xalqaro yo‘nalishda mikroavtobus — 22 BHM;
  • xalqaro yo‘nalishda engil avtomobilь — 7 BHM;
  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqli engil avtomobili — 1 BHM;
  • xalqaro yuk tashishda har bir transport vositasi — 7 BHM.

YaIDXP orqali murojaat qilinganda ushbu to‘lovlarning 90 foizi undiriladi.

Muhim: elektromobilь va gibrid avtomobillarda yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatuvchi jismoniy va yuridik shaxslar 2030-yil 1 yanvarga qadar litsenziya varaqasi uchun davlat bojidan ozod qilingan.

Rad etish asoslari

Litsenziya yoki litsenziya varaqasini berish:

  • zarur ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmaganda;
  • ma’lumotlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan axborot mavjud bo‘lganda rad etilishi mumkin.

Boshqa asoslar bilan rad etish taqiqlanadi. Ariza beruvchi rad etish qarori yoki mansabdor shaxsning harakati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.

Litsenziyalash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30 iyuldagi 636-son qarori bilan belgilangan.

Chat