2026-yil 1-iyuldan boshlab pensiyalar, nafaqalar hamda Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari 7 foizga oshirildi.
Nafaqa — qonunchilikda belgilangan ijtimoiy holat yoki shaxsning muayyan toifaga mansubligi asosida tayinlanadigan pul to‘lovi.
Quyidagi nafaqalar miqdori — oyiga 1 083 000 so‘m:
Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan yoshga doir nafaqa — oyiga 878 000 so‘m.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolani parvarishlayotgan qonuniy vakilga beriladigan nafaqa — oyiga 878 000 so‘m.
Parvarishlash nafaqasi — o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan bolaning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakilga tayinlanadigan to‘lov.
Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi:
Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasining oylik miqdori:
Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalar uchun moddiy yordam — oyiga 450 000 so‘m.
Nafaqa tayinlash huquqi faqat to‘lov miqdori bilan emas, balki nafaqaning har bir turi uchun belgilangan shartlar va mezonlar asosida aniqlanadi.