Muntazam yo‘lovchi tashish yo‘nalishida yo‘lovchi yo‘l chiptasi sotib olishi yoki yo‘l haqini hududda joriy etilgan elektron to‘lov tizimi orqali to‘lashi kerak.
Chiptalar:
Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlardagi chiptalarga telefon, elektron pochta yoki Internet orqali oldindan buyurtma berish mumkin.
Yo‘lovchi chiptani butun safar davomida saqlashi va nazoratchining birinchi talabiga ko‘ra ko‘rsatishi shart.
Elektron to‘lov amalga oshirilganda yo‘lovchi to‘lovni tasdiqlovchi elektron ma’lumot, transport kartasi yoki boshqa tasdiqni ko‘rsata olishi kerak.
Yo‘nalishdagi transport vositasi nosoz bo‘lib qolsa, berilgan chipta aynan shu yo‘nalishdagi boshqa transport vositasida safarni davom ettirish uchun haqiqiy hisoblanadi.
Yo‘lovchilarni boshqa transportga o‘tkazishni nosoz transport vositasining haydovchisi tashkil qiladi.
Yo‘lovchi yo‘qotgan chipta tiklanmaydi va uning uchun to‘langan pul qaytarib berilmaydi.
Chiptasiz yurish yoki yo‘l haqini to‘lamaslik qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Jarima to‘langani yo‘lovchini yo‘l haqini yoki bagaj haqini to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi.
Ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori bilan belgilangan.