Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3503 marta o'qildi

Davlat tashkilotlarida majburiy tartibda yuridik xizmatlar tashkil etiladi

Hujjat va ma’lumotlarni talab qilish huquqi

Yuridik xizmat davlat organi yoki tashkilotiga kelib tushadigan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishish va ularni xizmatda foydalanish uchun birinchi navbatda olish huquqiga ega.

Shuningdek, tashkilot va uning tizimiga kiruvchi tuzilmalar mansabdor shaxslaridan o‘z vazifalarini bajarish uchun zarur hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilib olishi mumkin.

Huquqiy masalalarda ishtirok etish

Yuridik xizmat:

  • huquqiy masalalar ko‘rib chiqiladigan yig‘ilish, kengash va majlislarda ishtirok etish;
  • zarur hollarda boshqa tuzilmalar xodimlarini hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ishlarga jalb qilish;
  • qonunchilikka zid yoki qonunchilik texnikasi talablariga javob bermaydigan hujjat loyihalarini qayta ishlash uchun ijrochiga qaytarish;
  • aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha huquqiy xulosa berish huquqiga ega.

Yuridik xizmat, shuningdek, tizimdagi tuzilmalarda qonunchilikka rioya qilinishi holatini o‘rganish, tekshirishlar va xatlovlarda ishtirok etish hamda aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan huquqiy xulosa berish huquqiga ega.

Mukofot olish huquqi

Yuridik xizmat xodimlari davlat organi yoki tashkiloti foydasiga sudgacha yoki sud tartibida hal qilingan nizolar bo‘yicha undirilgan summaning 5 foizi, biroq 50 BHMdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda mukofotlanadi.

Chat