Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4383 marta o'qildi

Qanday maxsus unvonlar mavjud?

Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga maxsus unvon sifatida quyidagi martaba darajalari berilishi mumkin:

  • 2-darajali Davlat adliya maslahatchisi;
  • 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi;
  • 1-darajali adliya maslahatchisi;
  • 2-darajali adliya maslahatchisi;
  • 3-darajali adliya maslahatchisi;
  • 1-darajali yurist;
  • 2-darajali yurist;
  • 3-darajali yurist.

Martaba darajasi qanday beriladi?

Martaba darajasi xodimning:

  • ijobiy attestatsiya natijasi;
  • malakasi;
  • ish staji;
  • egallab turgan lavozimi;
  • avvalgi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvoni;
  • qonunchilikni mustahkamlash, aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirishdagi xizmatlari hisobga olingan holda izchil tartibda beriladi.

Tegishli malaka bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lmagan shaxsga martaba darajasi lavozimga tayinlanganidan keyin kamida 1 yil o‘tgach beriladi. Berilgan martaba darajasi, qonunda nazarda tutilgan ayrim holatlardan tashqari, xodimda umrbod saqlanadi.

Martaba darajasi uchun qo‘shimcha haq to‘lanadimi?

Martaba darajasiga ega yuridik xizmat xodimlarining lavozim maoshiga Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorlarda qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Chat