Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3833 marta o'qildi

Abiturientning huquqlari

Test sinovi jarayonida abiturient:

  • test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanish;
  • test topshiriqlarini belgilangan vaqtdan oldin bajarish;
  • test materiallarini guruh nazoratchisiga tartib bilan topshirib, test hududidan chiqib ketish huquqiga ega.

Test binosiga kirish

Abiturient test o‘tkaziladigan kuni:

  • birinchi smenada hududga soat 07:00 gacha, binoga 07:30 gacha;
  • ikkinchi smenada hududga soat 14:00 gacha, binoga 14:30 gacha

etib kelishi kerak.

Kirish uchun abiturient ruxsatnomasi va pasport taqdim etiladi. Shaxs identifikatsiya vositalari va videofiksatsiya qurilmalari orqali tekshiriladi.

Muhim: test sinovlari boshlanganidan keyin kelgan abiturient binoga kiritilmaydi.

Abiturientning majburiyatlari

Abiturient:

  • test materiallarining nuqsonsizligini tekshirishi;
  • nuqson aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berishi;
  • test topshiriqlari kitobi muqovasi va javoblar varaqasidagi tegishli joylarni rasmiylashtirishi;
  • javoblar varaqasini to‘g‘ri to‘ldirishi;
  • test uchun ajratilgan vaqt tugaguniga qadar materiallarni nazoratchiga topshirishi shart.

Javoblar varaqasini to‘ldirish

Javoblar varaqasi havorang pastali sharikli ruchka bilan to‘ldiriladi.

Abiturient:

  • javoblar varaqasini bukmasligi;
  • marker chizig‘iga yozmasligi;
  • varaqa raqami ostidagi doirachalarni bo‘yamasligi;
  • har bir savol uchun faqat bitta javobni belgilashi kerak.

Belgilangan namunaga rioya qilinmasa, jumladan, doiracha to‘liq bo‘yalmasa yoki ikki va undan ortiq javob belgilansa, tegishli test topshirig‘i uchun ball berilmaydi.

Testdan chetlashtirish asoslari

Quyidagi holatlar abiturientni testdan chetlashtirish va natijasini chiqarmaslik uchun asos bo‘ladi:

  • telefon, mikrokalьkulyator, lug‘at, jadval, kitob, kompьyuter, telekommunikatsiya vositasi yoki shpargalka olib kirish yoxud ishlatish;
  • boshqa abiturient bilan gaplashish yoki unga yordam berish;
  • test materiallarini boshqa shaxsga uzatish;
  • materiallarni binodan olib chiqishga urinish yoki tarqatish;
  • test topshiriqlari kitobining varag‘ini yirtish;
  • vaqt tugagach materiallarni topshirishdan bosh tortish;
  • videokuzatuv orqali qoidabuzarlik aniqlanishi.
  • Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori
Chat