
Yo‘l-transport hodisasiga daxldor haydovchi:
Avariya sababli to‘xtash belgisi boshqa haydovchilarni xavf haqida o‘z vaqtida ogohlantiradigan joyga — aholi punktida transport vositasidan kamida 15 metr, aholi punktidan tashqarida esa kamida 30 metr masofaga o‘rnatiladi.
Haydovchi tan jarohati olganlarga birinchi yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rishi, tez tibbiy yordam va favqulodda qutqaruv xizmatlarini chaqirishi kerak.
Shoshilinch holatda jabrlangan shaxs yo‘lakay transport vositasida tibbiyot muassasasiga jo‘natiladi. Buning imkoni bo‘lmasa, haydovchi uni o‘z transport vositasida olib borishi, tibbiyot muassasasida o‘z shaxsi va transport vositasi haqidagi ma’lumotlarni berishi hamda hodisa joyiga qaytib kelishi shart.
Agar hodisa natijasida boshqa transport vositalarining harakati to‘silib qolsa, qatnov qismini bo‘shatish mumkin.
Biroq avval:
Qoida tariqasida, haydovchi yo‘l-transport hodisasi haqida ichki ishlar organlariga xabar berishi, guvohlarning familiyasi va manzilini yozib olishi hamda xodimlar kelishini kutishi kerak.
Biroq transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga muvofiq YTH to‘g‘risida xabarnoma rasmiylashtirish mumkin bo‘lgan holatlarda haydovchilar DYHXX yoki IIO xodimlariga hodisa haqida xabar bermasligi mumkin.
Eslatma: yo‘lni bo‘shatish zarur bo‘lsa, avtomobillarni joyidan qo‘zg‘atishdan oldin hodisa holatini foto va videoda imkon qadar to‘liq qayd etish muhim.