Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5213 marta o'qildi

Nuqsonni tekshirish

Abiturient test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasini olgach, ularning:

  • to‘liqligini;
  • varaqlari to‘g‘ri bosilganini;
  • matn va rasmlar o‘qilishini;
  • javoblar varaqasida nuqson mavjud emasligini tekshirishi kerak.

Nuqson aniqlansa, bu haqda darhol guruh nazoratchisiga xabar beriladi.

Muhim: nuqsonli test kitobi bo‘yicha birinchi smenada soat 08:00 gacha, ikkinchi smenada esa soat 15:00 gacha, ya’ni test boshlanishidan oldin murojaat qilish lozim.

Nazoratchining harakatlari

Nuqson aniqlangan test topshiriqlari kitobining birinchi betiga «nuqsonli» deb yoziladi. Nazoratchi:

  • kitob almashtirilgan vaqtni ko‘rsatadi;
  • abiturientning familiyasi, ismi va otasining ismini yozadi;
  • kitobni imzolaydi;
  • holat haqida dalolatnoma tuzadi.

Avvalo testga kelmagan abiturient uchun ajratilgan mos kitob beriladi. Ortiqcha kitob bo‘lmasa, bino rahbaridan shu ta’lim yo‘nalishi va tiliga mos zaxira test kitobi so‘raladi.

Javoblar varaqasida nuqson bo‘lsa

Javoblar varaqasida texnik nuqson aniqlansa, abiturient uni o‘zboshimchalik bilan tuzatmasligi kerak. Holat guruh nazoratchisiga bildiriladi va berilgan ko‘rsatma asosida rasmiylashtiriladi.

Chat