Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 32441 marta o'qildi

Jamoat transportida tamaki chekish

Avtobus, taksi, yo‘nalishli taksi, metropoliten va shahar elektr transportida tamaki mahsulotini iste’mol qilish taqiqlanadi.

Ushbu huquqbuzarlik uchun BHMning uchdan bir qismi miqdorida jarima solinadi.

Transportdan chiqindi tashlash

Poezd vagoni, avtotransport vositasi, shahar yo‘lovchilar transporti yoki suv transportidan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish:

  • 1 BHM miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Muhim: mazkur jarima avtobus, engil avtomobilь va boshqa avtotransport vositasidan yo‘lga yoki atrofga chiqindi tashlangan holatlarga ham tatbiq etiladi.

Bagaj haqini to‘lamaslik

Trolleybus, tramvay, shahar ichidagi yoki shahar atrofiga qatnaydigan avtobus va yo‘nalishli taksida to‘lov talab qilinadigan bagajni haq to‘lamasdan olib yurish:

  • har bir bagaj joyi uchun BHMning o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Jarima to‘langani yo‘lovchini bagaj tashish haqini to‘lashdan ozod qilmaydi.

Shaharlararo avtobusda chiptasiz yurish

Shaharlararo qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurish uchun:

  • 1 BHM miqdorida jarima solinadi.

Shahar va shahar atrofi transportida chiptasiz yurish

Yo‘lovchining:

  • trolleybusda;
  • tramvayda;
  • shahar ichidagi avtobusda;
  • shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi:

BHMning o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Jarima yo‘l haqining o‘rnini bosmaydi

Yo‘lovchiga jarima solinganda unga undirilgan summa ko‘rsatilgan kvitantsiya yoki elektron to‘lov tasdig‘i berilishi kerak.

Muhim: jarimani to‘lash yo‘lovchini yo‘l chiptasini sotib olish yoki bagaj haqini to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi.

Jarima to‘g‘risidagi qarorga norozi bo‘lgan shaxs uning ustidan qonunchilikda belgilangan ma’muriy yoki sud tartibida shikoyat qilish huquqiga ega.

Javobgarlik choralari O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 56¹, 123, 143 va 144-moddalarida belgilangan.

Chat