Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Haydovchi — transport vositasini boshqaruvchi shaxs. Transport vositasini boshqarish o‘rgatilayotganda o‘rgatuvchi shaxs haydovchi hisoblanadi. Ot aravani boshqarayotgan hamda hayvonlarni minib harakatlanayotgan shaxslar haydovchiga tenglashtiriladi;
a) yo‘lga chiqishdan oldin transport vositasining texnik sozligini, tozaligini va to‘liq jihozlanganligini tekshirishi;
b) harakatlanish vaqtida transport vositasining texnik sozligini ta’minlashi;
v) harakatlanishni boshlashdan oldin yo‘lovchilar transport vositasida joylarini egallaganligiga, transport vositasining eshiklari yopilganligiga, yo‘lovchilar tashish uchun maxsus jihozlangan yuk transport vositalarida yo‘lovchilar tashiyotganda Qoidalarning 24-bandi talablari bajarilganligiga ishonch hosil qilishi;
g) harakatlanish jarayonida boshqa yo‘l harakati ishtirokchilariga, ayniqsa, piyodalar, bolalar, nogironlar, qariyalar, individual harakatlanish vositalari va velosipedchilarga nisbatan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishi;
d) yo‘lovchilarni quyidagilar haqida ogohlantirishi shart:
harakatlanayotgan vaqtda avtomobilь salonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) chiqarish taqiqlanganligi;
transport vositasi harakatlanishni boshlashidan oldin xavfsizlik kamarlarini taqishlari (ushbu Qoidalarning 9-bandiga muvofiq), mototsikl, moped va skuterda harakatlanayotganda esa motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari zarurligi;
e) sutkaning qorong‘i vaqtida va etarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda majburiy to‘xtagan transport vositasining haydovchisi ta’mirlash maqsadida yo‘lning qatnov qismiga chiqishdan oldin nur qaytargichli maxsus jilet kiyib olishi (engil va yuk avtomobili, avtobus va g‘ildirakli traktorlar haydovchilari);
yo) IIO xodimlarining talabiga ko‘ra mastlik holatini aniqlovchi maxsus tekshiruv yoki alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ta’sirida yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan o‘tishi;
j) harakatlanish vaqtida avariya holatini yuzaga keltirmasliklari;