Transport vositasi haydovchisi belgilangan harakat tezligini:
Tezlikni oshirish bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganda tezlik o‘lchagich uskuna va transport vositasi spidometridagi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan umumiy xatolik hisobga olinadi.
Shu sabab maxsus uskuna qayd etgan tezlikdan 5 km/soat ayirib tashlanadi, shundan keyin huquqbuzarlik darajasi aniqlanadi.
Masalan, maxsus uskuna 86 km/soat tezlikni qayd etgan bo‘lsa, ma’muriy javobgarlik masalasida 81 km/soat tezlik hisobga olinadi.
Tezlikni oshirish uchun asosiy jarimadan tashqari quyidagi jarima ballari hisoblanadi:
2026-yil 1 apreldan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari orqali aniqlangan, jarima balli belgilangan huquqbuzarliklar uchun ham ball hisoblanadi.
Jarima ballining hisoblanishi haydovchini huquqbuzarlik uchun belgilangan asosiy jarimadan ozod qilmaydi.