
Agar ota-ona voyaga etmagan bolalarini ta’minlash tartibi bo‘yicha o‘zaro kelishmagan bo‘lsa, aliment sud tomonidan aliment to‘lovchining har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadidan quyidagi miqdorda undiriladi:
Masalan, bir nafar bola uchun aliment undirilishi belgilangan va aliment to‘lovchining hisobga olinadigan oylik daromadi 4 000 000 so‘m bo‘lsa, umumiy qoida bo‘yicha aliment miqdori 1 000 000 so‘mni tashkil etadi.
Bu faqat umumiy hisoblash usuli. Sud taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olib aliment miqdorini kamaytirishi yoki ko‘paytirishi mumkin.
Ha. Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
Shu sabab daromaddan belgilangan ulushni oddiy hisoblash natijasida juda kam summa chiqsa ham, bola uchun qonunda belgilangan minimal kafolat saqlanadi.
Ha. Ota-ona voyaga etmagan bolaga ta’minot berish tartibi va shaklini o‘zaro kelishib belgilashi mumkin.
Bunday kelishuv qonunchilik talablariga va bolaning manfaatlariga zid bo‘lmasligi kerak. Agar kelishuv bo‘lmasa, aliment sud tartibida undiriladi.
Yo‘q. Aliment:
Qat’iy summa, xususan, aliment to‘lovchining:
Bunday holatda oddiy foizli kalьkulyator sud belgilaydigan yakuniy aliment miqdorini aniq ko‘rsatib bermaydi.
Aliment O‘zbekiston hududida va uning tashqarisida pul yoki natura shaklida olingan daromadlardan qonunchilikda belgilangan tartibda ushlab qolinadi.
Agar daromad chet el valyutasida olinsa, u aliment undiriladigan kundagi Markaziy bankning rasmiy kursi bo‘yicha so‘mga hisoblanadi.
Ha. Majburiy ijro byurosining rasmiy saytida aliment bo‘yicha hisob-kitob xizmati mavjud. Advice.uz’dagi kalьkulyator havolasi ham MIB xizmatiga yo‘naltiradi.
Kalьkulyatorga bolalar soni va hisoblash uchun talab etiladigan boshqa ma’lumotlarni kiritish orqali taxminiy miqdorni aniqlash mumkin.
Eslatma: onlayn kalьkulyator natijasi ma’lumot uchun hisob-kitob sifatida qabul qilinishi kerak. Amalda to‘lanadigan yoki undiriladigan summa sud hujjati, aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv, haqiqiy daromadlar va boshqa huquqiy holatlarga bog‘liq bo‘ladi.