Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
– O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda qonun loyihasini taqdim etish. Ayrim xorijiy davlatlarda qonunchilik tashabbusi huquqiga, odatda, parlament deputatlari, parlament qo‘mitalari, hukumat, davlat boshlig‘i va umummilliy kompetentsiyali alohida idoralar egadirlar. Qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ektlari tomonidan qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.