Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
– parlamentdagi deputatlar birlashmalarining turlaridan biri (boshqa bir turi - deputatlar guruhi). P.f. - bir partiya, harakatga mansub deputatlar birlashmasi. Ular proportsional saylov tizimiga asosan partiya (harakat) ro‘yxatiga ko‘ra saylangan yoki hududiy saylov okruglari bo‘yicha partiya (harakat) tomonidan kiritilgan va majoritar saylov tizimiga asosan saylangan bo‘ladi. "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida"gi O‘zR Konstitutsiyaviy qonuniga muvofiq, QP deputatlari siyosiy, professional va b. asosda fraktsiyalar va deputatlar guruhlari shaklida deputatlar birlashmalarini tuzishi mumkin. Fraktsiya siyosiy partiyadan ko‘rsatiladigan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini QPda ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan deputatlar birlashmasidir. QP deputatining fraktsiyaga yoki deputatlar guruhiga kirishi to‘g‘risidagi qaror ularning majlislarida qabul qilinadi. QPning deputati faqat bir fraktsiya yoki deputatlar guruhining a’zosi bo‘lishi mumkin.