Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
(lot. Persona non grata – istalmagan, nomaqbul shaxs) – nomaqbul shaxs deb e’lon qilinish – diplomatning, uning oila a’zosi yoki diplomatik vakolatxonaning boshqa bir xodimining o‘sha davlat hududida qolishi istalmagani to‘g‘risida davlatning bayonoti. Diplomatni tayinlagan davlat vakolatxona xodimini bayonotda ko‘rsatilgan muddatda yoki, muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, ma’lum qisqa muddat ichida chaqirtirib olishi lozim. Bu chora bayonotning huquqiy oqibati hisoblanadi. Agarda shaxs shunda ham mamlakatni tark etmasa, mahalliy hukumat dismisl (diplomatik imtiyoz va immunitetlarni bekor qilish)dan foydalanishi mumkin. Diplomatning persona non grata deb e’lon qilinishiga diplomatning mezbon davlatning ichki ishlariga aralashgani, erlik qonun va qoidalarni buzmasligi yoki hurmat qilmasligi, immunitet va imtiyozlaridan shaxsiy manfaati uchun behad foydalanganligi sabab bo‘lishi mumkin.