
Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga rioya etmaslik holatlari 12 balldan iborat tizim asosida 12 oy davomida baholanadi.
Jarima ballari:
Ballar asosiy ma’muriy jazoga qo‘shimcha ravishda hisoblanadi. Ya’ni jarima balli qo‘llanilishi haydovchini pul jarimasi yoki boshqa asosiy jazodan ozod qilmaydi.
Transport vositasi boshqa shaxsga berilgani haqidagi ma’lumot mulkdorning elektron kabinetiga oldindan kiritilib, haydovchi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa, jarima balli transport vositasini amalda boshqargan shaxsga hisoblanadi.
Haydovchi aniqlanmagan bo‘lsa, ball transport vositasining haydovchilik guvohnomasiga ega mulkdoriga hisoblanadi.
Muhim: mulkdorda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmasa va haydovchi aniqlanmasa, ushbu transport vositasi bilan sodir etilgan qoidabuzarliklar ballari 12 balldan oshganda transport vositasi vaqtincha ushlanib, jarima maydonchasiga joylashtiriladi.
Hisoblash davri birinchi ballli qoidabuzarlik sodir etilgan kundan boshlanib, keyingi yilning shu kuniga qadar davom etadi.
Agar shu davrda umumiy ballar 12 balldan oshmasa, to‘plangan ballar keyingi davrga o‘tkazilmaydi va hisoblash yangidan boshlanadi.
Ballar 12 balldan oshganda, hujjatlar haydovchini transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish masalasini ko‘rib chiqish uchun sudga yuboriladi.
Haydovchi o‘z ballarini «E-jarimaball» moduli, maxsus mobil ilova yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tekshirishi mumkin.