Ha. Avtomobilь mulkdori bo‘lish uchun shaxsning 18 yoshga to‘lgan bo‘lishi shart emas. Transport vositasi voyaga etmagan bolaning nomiga sotib olinishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mumkin.
Biroq shartnomani kim imzolashi bolaning yoshiga bog‘liq.
14 yoshga to‘lmagan bola nomidan oldi-sotdi shartnomasini uning:
Shartnomada avtomobilь bolaning nomiga olinayotgani, qonuniy vakil esa uning nomidan harakat qilayotgani ko‘rsatiladi.
14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bola shartnomani o‘zi imzolaydi, biroq bunda ota-onasi, farzandlikka oluvchisi yoki homiysining yozma roziligi talab qilinadi.
Notarial bitim tuzilayotganda, qoida tariqasida, ota-onaning har ikkisining roziligi olinadi.
Muhim: avtomobilь uchun pulni ota-ona to‘lagan bo‘lsa ham, transport vositasi bola nomiga rasmiylashtirilganidan keyin uning xususiy mulki hisoblanadi.
Voyaga etmagan shaxsga tegishli avtomobilni sotish, hadya qilish, ayirboshlash yoki garovga qo‘yishda bolaning mulkiy manfaatlari himoya qilinishi shart.
Bunday bitimni rasmiylashtirishda bolaning yoshiga qarab qonuniy vakilning ishtiroki, ota-onalar roziligi, shuningdek zarur hollarda vasiylik va homiylik organining ruxsati talab qilinishi mumkin.
Oldi-sotdi shartnomasida xaridor sifatida voyaga etmagan shaxs ko‘rsatilsa, transport vositasi ham uning nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Avtomobilni esa tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega shaxs boshqarishi mumkin.
Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma bilan belgilanadi.